Bugun Rossiyada o‘zbek derbisi yoxud “Rostov” o‘z maydonida “Orenburg”ni qabul qiladi

  • 6 oktabr, 2018, 10:55
  • 0
  • Futbol

Bugun Rossiya premer-ligasining 10-turida “Rostov” o‘z maydonida “Orenburg”ni qabul qiladi.

Biz uchun e’tiborli jihati har ikkala jamoa safida ham o‘zbekistonlik futbolchilar bor. Aniqrog‘i, rostovliklar safida hujumchi Eldor Shomurodov, orenburgliklar safida esa yarim himoyachi Vadim Afoninlar o‘ynaydi.

Ma’lumot uchun, 31 yoshli Afonin joriy mavsum premer-ligada jami 9ta o‘yinda maydonga tushgan va raqiblari darvozasiga 1ta gol urishga erishgan. Shomurodov esa 7ta o‘yinda ishtirko etgan. Biroq, 23 yoshli hamyurtimiz hozircha raqib darvozasini ishg‘ol eta olmadi.

“Rostov” ayni damda musobaqa jadvalida 18 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, “Orenburg” hisobida 11 ochko bor va ular mos ravishda jadvalning 9-pog‘onasidan joy olishgan.

Eslatib o‘tamiz, “Rostov” – “Orenburg” uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 18:30da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!