
Bugun UEFA Evropa ligasi 1/16 final bosqichiga qur’a tashlanadi
Bugun Shveytsariyaning Non shahrida joylashgan UEFA shtab-kvartirasida Evropa ligasining 1/16 final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.
O‘z guruhlarida 1- va 2-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan 24ta jamoa safiga Chempionlar ligasi guruh bosqichida 3-o‘rinni egallagan 8ta klub ham qo‘shiladi. Ushbu bosqichda bir mamlakatning ikki jamoasi va guruhda o‘zaro raqib bo‘lgan jamoalar bir-birlariga ro‘baro bo‘lishmaydi.
Demak, Arsenal (Angliya), Atalanta (Italiya), Atletik (Ispaniya), Atletiko (Ispaniya), Braga (Portugaliya), Viktoriya (Chexiya), Vilyareal (Ispaniya), Dinamo Kiev (Ukraina), Red Bull Zaltsburg (Avstriya), Zenit (Rossiya), Latsio (Italiya), RB Leyptsig (Germaniya), Lokomotiv (Rossiya), Milan (Italiya), Sporting (Portugaliya), TsSKA (Rossiya), AEK (Gretsiya), Astana (Qozog‘iston), Borussiya Dortmund (Germaniya), Kopengagen (Daniya), Ludogorets (Bolgariya), Lion (Frantsiya), Napoli (Italiya), Nitstsa (Frantsiya), Marsel (Frantsiya), Partizan (Serbiya), Real Sosedad (Ispaniya), Seltik (Shotlandiya), Spartak (Rossiya), Styaua (Rumyniya), Tsrvena Zvezda (Serbiya) va Estersund (Shvetsiya) klublari birozdan so‘ng o‘z raqiblarini bilib olishadi.
Ma’lumot uchun, qur’a tashlash marosimi bugun Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.
Fikrlar