Bugun Zaltsburgda A seriya musobaqasi start oladi

  • 1 mart, 2019, 09:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, joriy yil ko‘plab sport turlari uchun Olimpiadaga yo‘llanma berishi bilan ahamiyatli. 1-3 mart kunlari Avstriyaning Zaltsburg shahrida karatening WKF yo‘nalishi bo‘yicha A seriya turkumiga kiruvchi yirik musobaqa bo‘lib o‘tadi. Joriy musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi kata va kumite bahslarida ishtirok etadi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Bugun start oladigan turnir Tokio Olimpiadasiga litsenzion ochko berishi bilan ahamiyatli. Terma jamoamiz murabbiylari Avstriya safariga zaxira sportchilarini olib borishgan. Bundan maqsad esa ularga Premer liga musobaqalarida ham ishtirok etish uchun imkoniyat yaratish. Zero, asosiy tarkib vakillarimiz dunyoda o‘z o‘rinlariga ega va ularda jahon chempionatidan keyingi o‘rinda turuvchi Premer liga musobaqalarida ishtirok etish uchun reyting ochkolari etarli. Eslatib o‘tamiz, Premer liga musobaqasida jahon reytingida 64 talikka kira olgan karatechilar ishtirok etishlari mumkin. Demak, Zaltsburgga quyidagi tarkib yo‘l olgan:

-60 kg: Sherzod Rahimqulov va Bekzod Tuyg‘unov;
-67 kg: Asilbek Madaminov va Akmal Choriev;
-75 kg: Jahonshoh Ibragimov;
-84 kg: Abdulaziz Atabaev;
-68 kg: Dildor Annadurdieva;
kata: Hamdamjon Shodibekov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!