
Bugun uch nafar kurashchimiz jahon chempionatidagi ishtirokini boshlaydi
Frantsiya poytaxti Parij shahrida sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionati davom etmoqda.
Bugungi kun dasturidan o‘rin olgan bellashuvlarda uch nafar hamyurtimiz gilamga ko‘tariladi.
Dastlab, -57 kilogramm vazn toifasida Nodirjon Safarov o‘z ishtirokiini boshlasa, -86 kg vazn toifasida Umidjon Ismanov kubalik Yurieski Torreblankaga qarshi bahs olib boradi. Shuningdek, -125 kg vazn toifasidagi polvonimiz Davit Modzmanashvili eronlik Yadollah Mohebini sinovdan o‘tkazadi.
Eslpatib o‘tamiz, tarkibdan Nodirjon Safarov (57 kg), Ixtiyor Navro‘zov (70 kg), Bekzod Abdurahmonov (74 kg), Umidjon Ismanov (86 kg), Magomed Ibragimov (97 kg) hamda David Modzmanashvili (125 kg) o‘rin olishgan. Erkin kurash bo‘yicha terma jamoamizga Olim Hikmatov va Aleksandr Nedorezovlar ustozlik qilishmoqda.
Fikrlar