Bugun yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida qilichbozlik bo‘yicha mamlakat chempionati boshlanadi

  • 21 fevral, 2019, 09:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Bugun, 21 fevral kuni poytaxtimizda «Paxtakor» stadionining qilichbozlik zalida yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati boshlanadi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Bahslarda Respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan yosh qilichbozlar sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradilar. 26 fevralga qadar davom etadigan musobaqada 200 nafarga yaqin sportchi o‘z omadini sinab ko‘radi.

Chempionat taqvimini e’tiboringizga havola qilamiz:

21 fevral – shpaga (o‘g‘il bolalar), shpaga (qizlar) – yakkalik
22 fevral – shpaga (o‘g‘il bolalar), shpaga (qizlar) – jamoaviy
23 fevral – rapira (o‘g‘il bolalar), rapira (qizlar) – yakkalik
24 fevral – rapira (o‘g‘il bolalar), rapira (qizlar) – jamoaviy
25 fevral – sablya (o‘g‘il bolalar), sablya (qizlar) – yakkalik
26 fevral – sablya (o‘g‘il bolalar), sablya (qizlar) – jamoaviy.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!