Bundesliga jamoasi bosh murabbiyni iste’foga chiqardi

45 yoshli mutaxassis bilan birga uning yordamchisi ham jamoani tark etdi. Eslatib o‘tamiz, "Gannover" kecha Germaniya Bundesligasi 19-turi doirasida "Borussiya" Dortmundga 1:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Ma’lumot uchun, ayni damda jamoa ortda qolgan 19 turdan so‘ng turnir jadvalida oxirgidan oldingi o‘rinda bormoqda. Klubni endilikda kim boshqarishi hozircha noma’lum.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!