“Bunyodkor” – “Zob Ahan” uchrashuviga oid 10 ta fakt

  • 12 mart, 2017, 13:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ertaga Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan dastlabki o‘yinlar bo‘lib o‘tadi. Toshkentda O‘zbekiston vitse-chempioni "Bunyodkor" klubi Eronning "Zob Ahan" klubini qabul qiladi.  Shahzod Xolboev esa bo‘lajak ichrashuvga oid yarim faktlarni to‘pladi.

Tecno

Mavzuga oid: “Bunyodkor”ning bo‘lajak raqibi to‘g‘risida 10 ta fakt

“Bunyodkor”ning ertangi raqibi - "Zob Ahan" tarkibida kimlar to‘p tepadi?

1.  Bu jamoalar o‘zaro beshinchi bor ro‘baro kelmoqda. Mazkur o‘yinlarda ustunlik to‘liq forslar tarafida: 3 g‘alaba va 1 durang. To‘plar nisbati esa 2–9 ni tashkil etadi;

2. Mazkur to‘qnashuvda eng ko‘p golni Muhammad Rizo Xalatbori kiritgan – 2 ta. “Qaldirg‘ochlar”ning “Zob Ahan”ga kiritgan ikki goliga esa Shahzodbek Nurmatov va Shaker Zuagilar mualliflik qilishgan;

3. Umuman “Zob Ahan” o‘zbek klublari bilan 6 bor to‘qnash kelgan. Shundan to‘rttasi yuqorida ta’kidlaganimiz, “Bunyodkor” bilan o‘yinga to‘g‘ri kelsa, qolgan ikki bahsda eronliklar “Paxtakor” bilan o‘ynashgan. Ta’kidlash joiz, “Paxtakor” “Zob Ahan”ni mag‘lub etgan yagona o‘zbek jamoasi sanaladi. “Timsohlar”ning o‘zbek klublari bilan statistikasi quyidagicha: 6 o‘yin, 5 g‘alaba va 1 mag‘lubiyat. To‘plar nisbati 4–10;

4. “Bunyodkor” esa fors jamoalari bilan 18 marta o‘ynagan. Bu o‘yinlarning 5 tasida “qaldirg‘ochlar” va 7 tasida eronliklar g‘alaba qozongan bo‘lsa, qolgan 6 bahs durang bilan nihoyasiga etgan. To‘plar nisbati – 21:26;

5. “Bunyodkor” 1054 kundan buyon OChL final bosqichida g‘alaba nimaligini bilmay kelmoqda. So‘nggi bor “qaldirg‘ochlar” 2014 yilning 23 aprel sanasida “Al-Jaish” ustidan g‘alaba qozongan edilar;

6. “Bunyodkor” Eron jamoalarini esa 2011 yilgi mavsumdan beri mag‘lub etganicha yo‘q;

7. O‘z navbatida “Zob Ahan” 13 yildan buyon o‘zbek jamoalariga mag‘lub bo‘lmay kelmoqda;

8. “Zob Ahan”ning OChLdagi eng yaxshi to‘purari braziliyalik Igor Kastrodir – 8 ta gol;

9. “Bunyodkor”ning xalqaro arenadagi eng yaxshi to‘purari esa Anvarjon Solievdir – 8 ta gol;

10. “Zob Ahan” bu mavsumda barcha musobaqalardagi so‘nggi 8 bellashuvning birortasida g‘alaba qozona bilmagan: 3 durang va 5 mag‘lubiyat. Isfaxonliklar so‘nggi bor 23 yanvar sanasida g‘alaba qozonishgan. Umid qilamizki, ushbu seriya ertaga ham davom etadi.

Tavsiya etamiz: “Bunyodkor” OChLda so‘nggi daqiqalarda “ojiz” qolgan 5 ta o‘yin

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!