"Bunyodkor" va AGMK o‘zaro 2ta nazorat uchrashuvi o‘tkazdi
Xabaringiz bor yana sanoqli kunlardan so‘ng mamlakatimiz Superligasining yangi mavsumi start oladi.
Shu bois elitada ishtirok etuvchi klublar ayni kunlarda so‘nggi tayyorgarlik jarayonini o‘tkazishmoqda. Jumladan, Vadim Abramov boshchiligidagi “Bunyodkor” bugun Olmaliqning AGMK klubiga qarshi 2ta nazorat uchrashuvi o‘tkazdi. Ularning birida "Bunyodkor", ikkinchisida AGMKning qo‘li baland keldi.
Nazorat uchrashuvi.
"Bunyodkor" - AGMK 3:0.
***
Nazorat uchrashuvi.
"Bunyodkor" - AGMK 0:2.
Eslatib o‘tamiz, “Bunyodkor” yangi mavsumning ilk uchrashuvidi 10 mart kuni Jizzaxda “So‘g‘diyona”ga qarshi o‘tkazadi. AGMK esa 9 mart kuni “Buxoro” maydoniga safar qiladi.

Fikrlar