Buxoro penchak silat bo‘yicha respublika ochiq turniriga mezbonlik qiladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Joriy yilning 30 iyun – 1 iyul kunlari Buxoro viloyati Shofirkon turmanidagi “Revgar” sport majmuasi penchak silat bo‘yicha Ochiq Respublika yoshlar turniriga mezbonlik qiladi.

Mazkur turnirni o‘tkazishdan asosiy maqsad yoshlarni yozgi ta’tilda vaqtinni mazmunli o‘tkazish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etib, ushbu sport turini ular o‘rtasida ommaviylashtirishdan iborat.

Turnirda O‘zbekistonning barcha hududlaridan kelgan ishtirokchilardan tashqari qo‘shni Qozog‘iston va Qirg‘iziston respublikalaridan ham sportchilar qatnashishi kutilmoqda. Unda 7 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il va qiz bolalar g‘oliblik uchun kurash olib borishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!