Buxoroda Shaxram G‘iyosovga “Gentra” avtomobili sovg‘a qilindi

  • 8 sentabr, 2017, 20:53
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Gamburgda o‘tgan boks bo‘yicha jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan Shaxram G‘iyosov (69 kg) bugun qadrdon shahri Buxoroga etib keldi, deya xabar beradi Buxoro viloyati TV jurnalistlari.

Jahon chempioni va uning ustozi Ravshan Xo‘jaevni Buxoro xalqaro aeroportida karnay va surnay sadolari ostida kutib olishdi. Qahramonlarni kutib olish marosimida viloyat hokimi o‘rinbosari, keng jamoatchilik vakillari va yoshlar ishtirok etishgan.

Marosimda ularga to‘n kiydirilib, tabriklashgan. Mehmonlar ularni tabriklab, iliq fikrlarini bildirishgan. Shuningdek, tasdiqlanmagan xabarga ko‘ra, viloyat hokimi sportchimizga yangi “Gentra” avtomobilini sovg‘a qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!