Buxoroda qo‘l jangi bo‘yicha "Chempionlar ligasi H2H FIGHT" xalqaro turniri o‘tkaziladi
O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari va Qo‘l jangi federatsiyasi tomonidan joriy yilning 23 iyun kuni Buxoro shahrida qo‘l jangi bo‘yicha "Chempionlar ligasi H2H FIGHT" xalqaro turniri o‘tkaziladi.
Janglarda mamlakatimiz sportchilaridan tashqari rossiyalik qo‘l janggi ustalari ham kurash olib borishadi. Shu kuni Muzaffar Rajapov, Amrillo Jo‘raev, Hasan Bozorov, Jahongir Jumaev, Mironshoh Ja’farov, Bekzod Nurmatov, Mirafzal Axtamov, O‘tkir Xojiev va Farruh Mirzaev kabi sportchilarimiz chempionlik uchun ringga chiqishadi.
Janglar Buxoro markaziy stadionida o‘tkaziladi.

Fikrlar