Chalxanogluni yana Bundesligaga chorlashmoqda

  • 3 dekabr, 2018, 23:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Gelzenkirxenning "Shalke" klubi "Milan" vingeri Xakan Chalxanogluning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Tuttomercato nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra nemis klubi bu borada allaqachon 24 yoshli turkiyalik futbolchi bilan aloqaga chiqqan. O‘z navbatida Chalxanogluning o‘zi ham “Shalke”ning taklifiga jiddiy qiziqish bildirmoqda va yana Bundesligaga qaytishga qarshi emas.

Ma’lumot uchun, Chalxanoglu joriy mavsum “Milan” safida jami 16ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. Uning “rossonerilar” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!