"Chelsi" Arrisabalagani qanday jazolashi ma’lum bo‘ldi

  • 26 fevral, 2019, 11:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Chelsi" klubi  "Manchester Siti"ga qarshi bo‘lib o‘tgan Angliya liga kubogi finalida maydonni tark etishni istamagan darvozaboni Kepa Arrisabalagani qanday jazolashi ma’lum bo‘ldi.

Tecno

Eslatib o‘tish lozimki, shu kuni “aristokratlar” ustozi Mauritsio Sarri penaltilar seriyasidan oldin ispaniyalik darvozabonni almashtirishni xohlagan edi. Ammo, Kepa maydondan chiqishga qarshilik qildi.

“Chelsi” rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra Arrisabalaga yuqoridagi xurmacha qiliqlari uchun bir haftalik maoshidan mahrum etiladi. Ta’kidlash kerakki, uning haftalik maoshi 225 ming evroni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, Kepa joriy mavsum “Chelsi” safida jami 37ta o‘yinda maydonga tushib o‘z darvozasidan 35ta gol o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!