"Chelsi" Azarga munosib o‘rinbosar topib qo‘ydi
Londonning "Chelsi" klubi "Real"ga o‘tishi mumkin bo‘lgan vingeri Eden Azarning o‘rniga munosib futbolchi topib qo‘ydi.
Sky Sports News tarqatgan xabarga ko‘ra agar “aristokratlar” 27 yoshli belgiyalik futbolchini "Stemford Brij"da olib qolisholmasa, u holda bor e’tiborlarini "Inter" forvard Mauro Ikardini sotib olishga qaratishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Real” Azarni qishki transferlar chog‘idayoq sotib olishga harakat qilishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar