
"Chelsi" Azarga o‘rinbosar topdi
“Lion” yarim himoyachisi Nabil Fekir faoliyatini “Chelsi”da davom ettirishi mumkin. Mercato365 nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 25 yoshli frantsiyalik futbolchi xizmatlariga londonliklar ustozi Mauritsio Sarri katta qiziqish bildirmoqda.
“Chelsi” Fekirni shuningdek, “Real” o‘tib ketishi kutilayotgan Eden Azarga munosib o‘rinbosar sifatida qaramoqda. Frantsuz futbolchisi buning uchun 50 million funt sterling bermoqchi.
Fekir bu mavsum “Lion” safida 8 uchrashuvda 3 gol va 2 golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar