"Chelsi" Azarni qanchaga sotishini ma’lum qildi

  • 12.12.2018 10:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning “Chelsi” klubi rahbariyati jamoa etakchisi Eden Azarni qanchaga sotishini ma’lum qildi.

El Chiringuito nashri tarqatgan xabarga qaraganda “aristokratlar” 27 yoshli belgiyalik futbolchini 170 mln evrodan kamiga qo‘yib yuborishmaydi. Aytish lozimki, bundan avvalroq "Chelsi" Azarning o‘rniga "Lion" yarim himoyachisi Nabil Fekirni olib kelmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Azar uchun asosiy da’vogar Madridning “Real” klubi hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Azar joriy mavsum “Chelsi” safida jami 18ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 8ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!