"Chelsi" Fekir uchun "Bavariya" bilan raqobatlashishga tayyor

  • 12.12.2018 09:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning "Chelsi" klubi ham "Lion" yarim himoyachisi Nabil Fekir uchun kurash olib bormoqchi.

Paris United nashrining ma’lum qilishicha “aristokratlar” 25 yoshli frantsiyalik futbolchi uchun “Lion”ga roppa-rosa 60 mln evro to‘lashga tayyor. Ular Fekirni jamoadan ketishi kutilayotgan Eden Azarga munosib o‘rinbosar sifatida qarashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Fekir uchun “Bavariya” ham jiddiy kurash boshlagani, “Lion” ham agar ushbu futbolchi amaldagi shartnomasini uzaytirishni xohlamasa, uni sotib yuborishga tayyor ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Fekir joriy mavsum “Lion” safida 14ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!