
"Chelsi" Azarning narxini e’lon qildi
Londonning "Chelsi" klubi rahbariyati jamoa vinger Eden Azarning transfer narxini e’lon qildi.
Football Espana nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “aristokratlar” 27 yoshli belgiyalik etakchisini faqatgina 150 million evrodan kam bo‘lmagan mablag‘ taklif qilgan jamoagagina sotishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yoz Azarga Madridning “Real” klubidan jiddiy qiziqishlar bo‘lgani, biroq yakunda “Chelsi” uni qo‘yib yubormagan edi.
Ma’lumot uchun, Azar joriy mavsum londonliklar safida jami 8ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 7ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar