"Chelsi" Kovachichni ijaraga oladi
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Mateo Kovachich faoliyatini “Chelsi”da davom ettirishga juda yaqin turibdi.
Marca nashrining xabar berishicha “aristokratlar” 24 yoshli xorvatiyalik futbolchining ijarasi borasida “qirollik klubi” bilan kelishuvga erishishgan. Kovachichning “Chelsi”ga ko‘chib o‘tgani haqida esa yaqin soatlar haqida rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Kovachichga shuningdek "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Milan", "Inter", "Napoli" va PSJ klublari kurash olib borishgani haqida xabarlar tarqalgan edi.



Fikrlar