"Chelsi" "Real" bilan Kurtuaning transferi borasidagi muzokaralarni to‘xtatdi
Londonning “Chelsi” klubi rahbariyati Madridning “Real” jamoasi bilan Belgiya terma jamoasi darvozaboni Tibo Kurtuaning transferi borasidagi muzokaralarni to‘xtatdi, deya xabar beradi Sky Sports nashri.
Manbada yozilishcha, “Chelsi” yozgi transferlar mavsumida Kurtuaning jamoadan ketishiga ruxsat bergan, biroq oldin unga o‘rinbosar topish zarur.
Ma’lum bo‘lishicha, “Chelsi” hozirda Jordan Pikfordni tarkibga qo‘shib olmoqchi, biroq bu futbolchi hozirda o‘zi to‘p surayotgan “Everton” jamoasi bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar olib bormoqda. Shunday bo‘lsada, londonliklar 40 yoshni qarshi olayotgan Robert Grin bilan kelishuvga erishgan. U jamoada yangi mavsumda uchinchi darvozabon bo‘ladi.
O‘tgan mavsum Kurtua “Chelsi” safida 46 o‘yinda maydonga tushgan va Belgiya termasi bilan Rossiyadagi mundialda bronza medallariga ega chiqdi.
Fikrlar