"Chelsi" chempionlik paradini o‘tkazmaslikka qaror qildi

  • 24 may, 2017, 17:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsum yakunlariga ko‘ra Angliya premer-ligasida g‘olib chiqqan “Chelsi” Londonda chempionlik paradini o‘tkazishni bekor qildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Tecno

“Aristokratlar” hafta boshida Manchesterda sodir bo‘lgan teraktdan so‘ng shu qarorga kelishgan. “Chelsi” rahbariyati shahar politsiyasi bilan maslahatlashgan holda paradga chiqishi mumkin bo‘lgan ishqibozlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida shunday fikrga kelgan.

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Arena”dagi kontsert paytida yuz bergan fojeada jami 22ta inson hayotdan ko‘z yumgan bo‘lsa, yana 59tasi jarohat olgan edi.

Aspilikueta: "Barselona"? Men "Chelsi"da baxtliman>>>

"Chelsi" mavsum davomida biror marta ham maydonga tushmagan darvozaboni bilan shartnomani uzaytirdi>>>

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!