
"Chelsi" etakchilari PAOKga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi
Londonning “Chelsi” klubi bosh murabbiyi Mauritsio Sarri PAOK jamoasiga qarshi Evropa Ligasi guruh bosqichi birinchi tur oldidan tarkibda o‘zgarish bo‘lganini ma’lum qildi.
– Azar o‘yinda ishtirok etmaydi, chunki u xalqaro o‘yinlar va “Kardiff”ga qarshi bahsdan so‘ng biroz charchagani ma’lum qildi. U bazada qoldi va shug‘ullanadi. David Luis ham klubda qolgan, chunki u futbolsiz olti oydan keyin muammoga duch kelgan, – deya Sarrining so‘zlarini keltiradi Sky Sports nashri.
Azar va Luisdan taqshari yarim himoyachi Mateo Kovachich va himoyachi Emerson ham o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
PAOK – “Chelsi” bahsi bugun tunda Gretsiyaning Saloniki shahridagi “Tumba” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 21:55da start oladi.
Fikrlar