"Chelsi" muxlislari Azarning qolishini istashmoqda

  • 19.10.2018 22:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning "Chelsi" klubi muxlislari jamoa etakchisi Eden Azarning "Stemford Brij"da qolishini istashmoqda.

Tribalfootball nashri tarqatgan xabarga qaraganda londonlik ishqibozlar ertaga “Manchester Yunayted”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan bahsda 27 yoshli belgiyalik futbolchiga atab quyidagi so‘zlar yozilgan bannerni o‘yingoh uzra ko‘tarishmoqchi: “Eden Azar, biz sening qolishingni istaymiz”.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Azar intervyularidan birida o‘z omadini “Real”da sinab ko‘rish orzusi borligi haqida aytgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!