“Chelsi” o‘z afsonasi bilan xayrlashishini e’lon qildi
Londonning “Chelsi” klubi ushbu mavsum nihoyasiga etganidan so‘ng jamoa himoyachisi – Jon Terri klubni tark etishini e’lon qildi.
36 yoshli Terriga Angliyaning o‘rtamiyona klubi qiziqmoqda
“Terri faoliyati davomida “Chelsi”ning g‘alabalariga o‘zining ulkan xissasini qo‘shib keldi. Jon 4 marta APLda g‘olib chiqdi, EChL va ELni qo‘lga kiritdi, 5 marta Angliya, 3 marta Liga kubogini yutdi. U jami 14 ta sovrin yutdi va jamoamizning eng sovrinodr futbolchisi sanaladi” -, deb keltirib o‘tdi “Chelsi” klubi rasmiy sayti.
Terrining o‘zi esa quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
“22 yillik faoliyatimdan so‘ng bu buyuk klubdagi ko‘pchilikka o‘z tashakkurimni izhor etishim kerak. Murabbiylardan tortib futbolchilar-u, shifokorlardan va muxlislarga meni yillar davomida qo‘llab kelganliklari uchun minnatdorchilik bildiraman”.
Ma’lumot uchun Terri “aristokratlar” safiga 1995 yilda kelib qo‘shilgan. Asosiy tarkibdagi debyutini 1998 yilning 28 oktyabrida nishonlagan. 20 yildan ziyod “Chelsi” safida faoliyat olib borgan Terri “nafaqaxo‘rlar” tarkibida 713 ta o‘yin o‘tkazib, 66 bor gol kiritishni uddalagan.

Fikrlar