
"Chelsi" prezidenti: Azarni saqlab qolish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz
Londonning "Chelsi"klubi prezidenti Bryus Bak jamoa etakchisi Eden Azarning jamoadagi kelajagi borasida gapirib o‘tdi.
“Muxlislar Azarni juda yaxshi ko‘rishadi. U nafaqat buyuk futbolchi, shu bilan bir qatorda yaxshi inson hamdir. Biz uning qolishini istaymiz va buning uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. Ko‘ramiz, mavsum yakunida nimalar bo‘larkin”, - deydi Bak.
Eslatib o‘tamiz, 27 yoshli belgiyalik futbolchi “Chelsi”da 2012 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida “aristokratlar” safida jami 310ta bahsda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 97ta gol hamda 78ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar