“Chelsi”ga transfer ta’qiqi qo‘yilishi kimga foyda-yu, kimga zarar? (Erkin G‘aybullaev blogi)

  • 23 fevral, 2019, 11:19
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” uchun og‘ir pallalar davom etmoqda. Bu safar ko‘rsatayotgan o‘yin natijasi emas, FIFA ularni qiyin vaziyatga solib qo‘ydi. FIFA londonliklarni ikki transfer bozorida yangi futbolchilar sotib olishini ta’qiqlab qo‘ydi. Bu “ko‘klar”ning yosh futbolchilarni imzolashda yo‘l qo‘ygan xatolari ortidan sodir bo‘ldi.

Tecno

Shu tariqa ular shu yilning yozi va 2020-yilning qishki transfer bozorida o‘z safini to‘ldirish huquqidan mahrum qilindi.

Bu qaror Evropaning eng yirik investori jamoasida kuzatilishi vaziyatni yanada murakkablashtiradi. Roman Abramovich 2003-yilda klub xo‘jayiniga aylanganidan beri asosiy tarkib va yoshlar uchun keng ko‘lamdagi ishlarni amalga oshirdi. Xo‘sh, bunday ta’qiqdan kimga foyda-yu kimga zarar?

Foyda: “Chelsi” akademiyasi

Bundan eng katta foyda ko‘radigan tomon bu jamoada o‘z imkoniyatini kutayotgan rivojlanishdagi futbolchilar hisoblanadi. Bir tarafdan klub akademiyasi Angliyadagi eng kuchlilaridan biri hisoblanadi. Ammo ularning hammasi ham asosiy tarkibga qo‘shila olmasligi dilni xira qilayotgan edi.

O‘tgan yili butsasini mixga ilgan afsonaviy sardor Jon Terri asosiy tarkibda qo‘nim topgan so‘nggi klub tarbiyalanuvchilaridan biri hisoblanadi. Terrining jamoadagi faoliyati 1998-yildan 2017-yilgacha davom etdi. Milliy va xalqaro darajada ko‘plab sovrinlar yutgan tarbiyalanuvchisidan keyin boshqa bir jiddiy avlodni asosiy tarkibda o‘ynata olmadi.

Bunday ta’qiq yoshlar uchun eshiklarni ochib beradi. “Chelsi”ning asosiy tarkibi yoshara boshlayotgani hammaga sir emas. Yozda esa klub bu ishni tezroq amalga oshirishi mumkin. Klubning bir qator yosh iste’dod egalari ijarada yurishibdi. Shulardan Temmi Abraxam, Meyson Maunt va Lyuis Beykerlar ko‘rsatgan sabri va mehnatiga qaramay, klubni tark etishni ma’qul ko‘rishgandi. Xadson-Odoi esa so‘nggi vaqtlardagina o‘yin amaliyotiga ega bo‘la boshladi. Asosiy tarkibning ba’zi etakchilari klubni tark etishni xohlab qolsa, albatta ularning o‘rnini yoshlardan to‘ldirishdan boshqa variant qolmaydi.

Zarar: Mauritsio Sarri

Hammasidan Sarriga ancha qiyin bo‘lmoqda. So‘nggi vaqtlar barcha tashvish uning boshiga kelmoqda. Amaldagi chempion “Manchester Siti”dan sharmandali 6-0 hisobidagi mag‘lubiyat ortidan Angliya Kubogida “Manchester Yunayted”dan taslim bo‘lishini hazm qilish oson emas.

Liga Kubogida “shaharliklar”dan uchralishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy mag‘lubiyat uning iste’foga chiqarilishi bilan yakun topishi haqidag xabarlar tarqalmoqda. Ammo FIFAning qo‘ygan ta’qiqi unga bir tarafdan asqotishi mumkin. Chunki birorta murabbiy “qo‘li bog‘liq holda” jamoani boshqarishni istamaydi.

Uning qat’iy tabiatini olaylik. O‘zgarish bo‘lmayotgan bo‘lsa ham, u o‘z qarashlariga sodiq qolishni xush ko‘radiganlardan. Agarda to‘g‘ri qarorlarni qabul qilishda adashishda davom etadigan bo‘lsa, uning jamoada qolishiga hech qanday kafolat yo‘q.

Foyda: Kuchli oltilik klublari

“Chelsi” “Manchester Siti”, “Liverpul”, “Tottenxem Xotspur”, “Manchester Yunayted” va “Arsenal” bilan birga ingliz futbolining eng kuchli klublaridan biri hisoblanadi. Ammo Chempionlar Ligasida shulardan faqatgina to‘rttasi ishtirok etishi mumkinligini inobatga oladigan bo‘lsak, ikkitasi nufuzli turnirda ishtirok etmaslikka mahkum. Bu mavsumda ular va “Arsenal” Evropaning eng muhim turnirida ishtirok eta olmayapti. Agarda Evropa Ligasini yuta olishmasa, ular yana EChLdan quruq qolishadi.

Transfer ta’qiqi esa kuchayishga imkon bermaydi, ayniqsa raqiblari buni amalga oshirishsa va yanada kuchli klubga aylanishi ortidan Abramovich klubiga oson bo‘lmaydi. Bunday tashvish va xaos klubni yanada botqoqlik sari etaklashi mumkin.

Zarar: Roman Abramovich

Shubhasiz Abramovich “Chelsi” uchun ajoyib tanlov. Garchi aytadigan gaplar ko‘p bo‘lsa ham. Aynan uning qo‘li ostida “ko‘klar” ingliz futbolining asosiy kuchlaridan biriga aylandi. Beshta Premer Liga chempionligi va sakkizta milliy Kubok bilan birga, 2012-yilgi EChL va 2013-yilgi Evropa Ligasi bosh sovrinlari rus oligarxining uzoq yillik mehnati va say’i-harakatlari tufayli erishildi. Muvaffaqiyatgina rus oligarxini qanoatlantiradi. Omadsizlik unga begona.

Biz buni u klub boshqaruviga kelganidan beri to‘qqizta murabbiy bilan ishlashi ortidan ko‘rib oldik. Ularning ichida hatto Joze Mourino ham bor. Yuqorida aytganimizdek, qo‘yilayotgan ta’qiq italiyalik murabbiyning klubdagi faoliyatini biroz bo‘lsada, uzaytirishi mumkin. Ammo Abramovich istalgan vaqtda uni iste’foga chiqarishi mumkin. Abramovichni esa istamagan muammosi bilan to‘qnash kelishi rejalariga ta’sir qilmay qo‘ymaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
darwesh
23/02/2019 16:18
манимча, бундан челси ютказади, чунки асосий максад чемпионлар лигасида уйнаш