Chempionshipdan APLga chiqqan uchinchi jamoa nomi ham ma’lum bo‘ldi
Hozirgina Angliyada nufuzi jihatidan ikkinchi o‘rinda turuvchi liga – Chempionshipda pley-off o‘yinlarining finali bo‘lib o‘tdi. Ushbu bosqichga “Reding” xamda “Xaddersfild” jamoalari etib kelishdi.
Muhtasham “Uembli” stadionida kechgan o‘yinning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarida hisob ochilmadi. Natijada g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlanadigan bo‘ldi. “Futbol lotoreyasi”da esa omad “Xaddersfild”ga kulib boqdi – 4:3.
Shu tariqa, “Xaddersfild” 1972 yildan buyon Angliya Oliy divizionida o‘ynaydigan bo‘ldi.
Bundan oldin, Premer ligaga “Nyukasl” xamda “Brayton end Xouv Albion” jamoalari ham chiqqani haqida xabar bergan edik.
Angliya Chempionshipi. Pley-off. Final
Xaddersfild – Reding 0:0 (0:0, 0:0, 0:0, 0:0), penaltilar seriyasi - 4:3
Xaddersfild – Uord, Xefele, Leve, Smit (Kreyni, 88), Shindler, Xogg, Muy, van La Parra, Braun (Palmer, 98), Uells, Kachunga (Kvaner, 66).
Reding – Al-Xabsi, Mur, Blekkett, Ganter, Ilori, Uilyams, van den Berg (Obita, 64), Evans, Svift (Kelli, 100), Grebben (Makkliri, 74),Kermorgan.
Penaltilar seriyasi – 1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 3:3, 4:3.
Ogohlantirishlar: van den Berg (17), Kermorgan (19), Xogg (29), Kachunga (61), Smit (75), Obita (105).

Fikrlar