
"Cuba domadores" va "Uzbek tigers" bahsining boshlanish vaqti ma’lum
Xabaringiz bor, o‘tgan haftada Samarqand shahrida Butunjahon boks seriyalari (WSB) VII mavsum chorak final ilk uchrashuvida “Uzbek Tigers” amaldagi chempion “Cuba Domadores” bokschilarini 3:2 hisobida mag‘lub qilgan edi.
Ertaga Toshkent vaqti bilan tonggi soat 05:30da Kubada ushbu jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi boshlanadi. Siz ushbu bahsni Sport va Uzreport telekanallarida jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin. Shu bilan birga saytimiz orqali ham o‘yin tafsilotlari bilan onlayn tanishib borishingiz mumkin bo‘ladi.
>>> “Uzbek Tigers” javob uchrashuvida “Cuba Domadores” to‘sig‘idan o‘ta oladimi? (sharh)
SPORTS.uz internet portali "Uzbek Tigers" bokschilariga omad tilab qoladi.
Fikrlar