
Cuperliga. So‘nggi turda eng ko‘p muxlislar tashrifi Namanganda
SPORTS.uz o‘z odatiga sodiq qolgan holda tur o‘yinlaridagi muxlislar tashrifiga oid raqamlarni keltiradi.
Unga ko‘ra, Namanganda kechgan "Navbahor" - "Lokomotiv" o‘yini eng ko‘p muxlis to‘plagan uchrashuv bo‘ldi. Mazkur bellashuvni "Markaziy"dan turib kuzatish uchun 15 134 nafar muxlis keldi.
Poytaxt derbisi esa aksincha, eng kam muxlis to‘pladi.
"Navbahor" - "Lokomotiv" (0:3). 15 134 tomoshabin
"Metallurg" - "Buxoro" (1:0). 3 451 tomoshabin
"So‘g‘diyona" - "Nasaf" (0:1). 3 076 tomoshabin
"Neftchi" - "Qo‘qon-1912" (0:2). 2 850 tomoshabin
AGMK - "Qizilqum" (3:0). 2055 tomoshabin
"Paxtakor" - "Bunyodkor" (4:0). 1 153 tomoshabin.
Fikrlar