David Luiz: "Vest Xem"ga qarshi uchrashuvda sekin harakat qildik

"Chelsi" klubi himoyachisi David Luiz APLning 6-turi doirasida "Vest Xem"ga qarshi uchrashuv natijalari (0:0) haqida o‘z fikrini bildirdi.

- Tabiiyki, biz bunday natijadan qoniqganimiz yo‘q. To‘pning va bizning sekin harakat qilganimiz sababli raqib darvozasini ishg‘ol eta olmadik.

Bilasizmi, ajoyib rejaga egamiz, biroq yakshanba kuni maydondagi harakatlarimiz va g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqimiz past edi.

Ko‘p jamoalar bizga qarshi chuqur himoyada va tez qarshi xujumlar tashkil etishlarini tushunib turibmiz, ammo biz bunday holatda ham muammoning echimini topishimiz kerak, - dedi Luiz.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!