De Bryuyne "Chelsi"ga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi mumkin
The Guardian xabariga ko‘ra, belgiyalik futbolchi Angliya Premer-ligasi 16-turidan o‘rin olgan "Chelsi"ga qarshi uchrashuvga qadar safga qaytishi mumkin. Ma’lumot uchun, xavbek 1 noyabr sanasida Angliya Liga kubogi doirasida "Fulxem"ga qarshi (2:0) bellashuvda tizzasidan jarohat olgan edi.
O‘shanda De Bryuyne 6 hafta davomida safga qaytmasligi aytilgan edi. Bu mavsum 27 yoshli futbolchi "shaharliklar" safida 5 ta uchrashuvda maydonga tushdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar