De Xea: "Liverpul"ni mag‘lub etish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz

  • 24 fevral, 2019, 14:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” darvozaboni David de Xea bugun “Liverpul”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Bu Angliyadagi eng katta o‘yin. Bu klub uchun, futbolchilar uchun va muxlislar uchun alohida ahamiyatga ega. Uning “Old Trafford”da o‘tishi esa ahamiyatni yanada oshiradi. Men Ispaniyada bo‘lgan paytlarim, u erda doimo “el-klasiko” haqida gapirishardi. Bu erda esa “Manchester Yunayted” – “Liverpul” uchrashuvini xuddi shunday atashadi.

Bugun mashhur jamoa maydonga ikkita chiqadi va biz raqibni mag‘lub etish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz”, - deydi ispaniyalik darvozabon.

Eslatib o‘tamiz, "Manchester Yunayted" – "Liverpul" uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 19:05da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!