
Devid Moyes Xartga ishonch bildirishda davom etadi
“Vest Xem Yunayted” jamoasi bosh murabbiyi Devid Moyes “Manchester Siti”dan ijaraga olingan darvozabon Jo Xart qishki transferda hech qaerga ketaydi.
Jo Xart “Chelsi”ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibdagi joyini Adrianga bo‘shatib berdi, ammo bu fakt u bilan tuzilgan shartnoma bekor qilinishiga olib kelmaydi.
“Ikkita darvozabonsiz ishlay olmaymiz. Oldinda bir nechta Kubok o‘yinlari ham bor, umuman olganda esa bizni qiyin davr kutib turibdi. Jarohatlar bo‘lsa nima qilamiz? Menga shubhasiz ikkita posbon kerak.
Xart va Adrian yaxshi futbolchilar. Jo – Angliyada birinchi raqamli darvozabon, Adrian – “Vest Xem”da yaxshi o‘ynaydi. Bizda raqobat haqiqatdan ham kuchli”, – dedi shotlandiyalik mutaxassis Sky Sports bilan intervyuda.
Fikrlar