
Diego Simeone jahonning eng yaxshi darvozabonlari kimligini aytib o‘tdi
“Atletiko” klubi bosh murabbiyi Diego Simeone madridliklar posboni Yan Oblak va “Chelsi” darvozaboni Tibo Kurtuani o‘z pozitsiyalarida eng yaxshi deya e’tirof etdi. Bu haqda argentinalik mutaxassis “Atletiko” va “Chelsi” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan EChL bahsidan oldin aytib o‘tgan.
– Kurtua va Oblak – ikkita jahonning eng yaxshi darvozaboni. Kurtuani Oblakka o‘rinbosar bo‘lishi haqida hech narsa deya olmayman (avvalroq Tibo Kurtua “Atletiko”da ijara asosida to‘p surgan – SPORTS.uz). Ikkalasi ham ajoyib futbolchilar.
– Tarkibni kimga qarshi o‘ynashimizga qarab tuzaman. Alohida o‘yinchilar haqida o‘ylamayman, jamoaning tengligi haqida bosh qotiraman. Ba’zan kim formada bo‘lsa, jamoa uchun zaxirada qolishi mumkin, — deya Simeonening so‘zlarini keltiradi Football Espana nashri.
“Atletiko” — “Chelsi” bahsi bugun tunda Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da start oladi.
Fikrlar