
"Dinamo" Tojikistonga boradi
TFF tarqatgan xabarga ko‘ra, mazkur tadbir doirasida Samarqandning "Dinamo" hamda Tojikistonning grand klublari qatorida e’tirof etiladigan "Xo‘jand" jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib o‘tadi.
Mazkur uchrashuv 7 sentyabr kuni Xo‘jand shahridagi "Tojikiston mustaqilligining 20 yilligi" stadionida soat 17:00 da bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, shu yil aprel oyida mazkur jamoalar Samarqandda ham o‘zaro bellashgan va o‘shanda do‘stlik g‘alaba qilgan edi - 2:2.
Fikrlar