“Dinamo” muxlislari Qo‘qonga borishadi
«Dinamo» jamoasini har o‘yinda qizg‘in qo‘llab-quvvatlayotgan samarqandlik futbol ishqibozlari Oliy Liga 5-turi doirasida Qo‘qonga borishadi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
5-tur doirasida «Dinamo» 7 aprel kuni vodiyda «Qo‘qon-1912» jamoasi mehmoni bo‘ladi. Ushbu o‘yinga borishni rejalashtirgan jamoa muxlislari, juma kuni sahar, soat 6:00 da «Dinamo» stadioni oldidan engil avtomoshinalarda jo‘nab ketishlari ko‘zlanmoqda. Sevimli jamoamiz «Dinamo»ni qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilgan muxlislarni ham ushbu bahsga borishga chorlab qolamiz.
Batafsil ma’lumot uchun, muxlislar faoli Shavkat Burhonovga (+998 97 920 24 40) murojaat etishingiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz, «Qo‘qon-1912» - «Dinamo» uchrashuvi 7 aprel, juma kuni soat 16:30 da boshlanadi.

Fikrlar