“Dinamo” – “Buxoro” uchrashuvini Viktor Serazetdinov boshqaradi
Yana sanoqli kunlardan so‘ng "Buxoro" jamoasi mavsumdagi 6-tur uchrashuvidan o‘rin olgan "Dinamo"ga qarshi uchrashuvini o‘tkazadi.
Ushbu bahsda ishlaydigan hakamlar brigadasi ma’lum bo‘ldi. "Dinamo"-"Buxoro" uchrashuvida Viktor Serazetdinov bosh hakamlik qiladi. Unga qanotlarda Yormuhamedov va Bahromov yordam berishadi.
Rashid Aytekov bahsning nazoratchisi bo‘lsa, Lyotkin PFL vakili sifatida ishlaydi.
Oliy Liga 6-tur
15 aprel, shanba
«Dinamo» (Samarqand) – «Buxoro» (Buxoro)
Hakamlar: V. Serazetdinov (Toshkent), F. Yormuhamedov (Toshkent), B. Bahromov (Toshkent), B. Yulcharaev (Guliston)
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).
O‘zPFL vakili: V. Lyotkin.

Fikrlar