Donna Vekich chexiyalik xonimga yutqazib qo‘ydi
Rossiyada «St.Petersburg Ladies Trophy – 2018» turnirida asosiy to‘rning birchi davra bahslari boshlandi.
Unda xorvatiyalik Donna Vekich ilk uchrashuvni chexiyalik Katerjina Sigyakovaga qarshi o‘tkazdi. O‘yinning birinchi setida 3:6 hisobida g‘alaba qozongan Katerjina ikkinchi setni 6:2 hisobida boy berib qo‘ydi. Hal qiluvchi uchinchi setda Donnaga biroz omad etishmadi va 4:6 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Endi chexiyalik tennischi ikkinchi davrada rossiyalik Ekaterina Makarova hamda Anastasiya Pavlyuchenkova uchrashuvi g‘olibiga qarshi raqobatlashadi.
Fikrlar