Dris Mertens yana bir mavsumdan so‘ng Xitoyga ketmoqchi

  • 5 noyabr, 2018, 22:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Napoli" klubi hujumchisi Dris Mertens 2020 yilda Xitoy chempionatiga yo‘l olishi mumkinligi haqida gapirib o‘tdi.

“Mening “Napoli” bilan shartnomam 2020 yilda o‘z nihoyasiga etadi. O‘shanda men Xitoyga ketishim mumkin. Menda bu ishni avvalroq qilish imkoniyati ham bor edi, lekin men Evropada qolishga qaror qildim.

Men Vitsel va Ferreyra-Karrasko bilan bu borada tez-tez gaplashib turardim. Ular menga Xitoy chempionati haqida ijobiy fikrlar aytishadi”, - deydi belgiyalik futbolchi.

Ma’lumot uchun, Mertens joriy mavsum “Napoli” safida jami 14ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 8ta gol kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!