
Dunyoda ikkinchi bo‘lgan Buffonni Italiyada tengsiz deb topishdi
Turinning "Yuventus" klubi darvozaboni Janluiji Buffon muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra Italiyaning 2016 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda Vivoazzurro nashri xabar tarqatmoqda.
Aytish kerakki Laureat "Moviy to‘p" deb ataladigan sovrin bilan taqdirlanadi.
So‘rovnoma natijalariga ko‘ra Buffon 37 foiz ovoz to‘plagan bo‘lsa, muxlislarning 27 foizi Andrea Belottiga, 19 foiz muxlis esa Leonardo Bonuchchiga ovoz bergan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buffon Xalqaro futbol tarixi va statistikasi tashkiloti (IFHS) tomonidan dunyoning 2-raqamli darvozaboni deb topilgan edi.
Fikrlar