Dunyoning eng zo‘r himoyachisini qaltiratgan hujumchi kim?

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘z vaqtida dunyoning eng kuchli himoyachisi deb tan olingan Italiya terma jamoasi futbolchisi va "Oltin to‘p" sohibi Fabio Kannavaro futbolchilik faoliyatida o‘ziga qarshi o‘ynagan hujumchilar haqida gapirdi.

 

Ayni paytda murabbiylik faoliyatini davom ettirayotgan Fabio Kannavaroning aytishicha, u ko‘p hujumchilarga qarshi o‘ynagan. Lekin ular orasida bir hujumchidan qo‘rqqanini tan oldi.

- Menga qarshi o‘ynagan barcha futbolchilar orasida faqat bir kishi - Ronaldo meni dahshatga solardi, - dedi Fabio Kannavaro. - Biz ilk bor 1998 yilgi jahon chempionati oldidan Italiya va Braziliya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvida to‘qnash kelganmiz. Men qo‘rqqanman. Ronaldo gol urishni istasa, albatta bunga erishardi. Braziliyada Romario, Roberto Karlos, Ronaldino kabi mohir futbolchilar bor edi. Lekin Ronaldo bu boshqa masalasa. U tezkor, baquvvat va ajoyib o‘yinchi edi.

Kannavaro unga Ronaldo solgan qo‘rquv uning kuchli himoyachi bo‘lib etishishida muhim omil bo‘lganini tan oldi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!