
EChL. Beyl va Vaskesning gollari "Real"ga g‘alaba keltirdi, "Manchester Siti" yana "Lion"ni enga olmadi
Madridning "Real" klubi safarda "Roma"dan 2:0 hisobida ustun keldi. Gollarga Garet Beyl va Lukas Vaskeslar mualliflik qilishdi. Shu tariqa o‘z ochkolarini 12 taga etkazib olgan Santyago Solari shogirdlari 1-o‘rin bilan pley-offga chiqishdi.
"Manchester Siti" esa safarda "Lion" qarshiligini enga olmadi - 2:2. Qayd etish joiz, Angliyadagi bellashuvda frantsuzlar zafar quchishgan edi.
Fikrlar