
EChL. "Real" "Bavariya" bilan durang o‘ynadi va ketma-ket 3-marta finalga chiqdi
Bugun EChLda yarim final javob o‘yinlariga start berildi. Unda Madridning "Real" klubi o‘z maydonida "Bavariya"ni qabul qildi.
Uchrashuv avvalida Joshua Kimmix gol kiritib, hisobni ochdi. Biroq oradan ko‘p vaqt o‘tmasdan Karim Benzema muvozanatni tikladi.
Ikkinchi bo‘lim boshida esa Benzema darvozabonning xatosidan unumli foydalanib, "Real"ni hisobda oldinga olib chiqdi. 63-daqiqada esa Xames Rodriges sobiq jamoasi darvozasini ishg‘ol etishga erishdi va o‘yin shu hisobda yakuniga etdi.
Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra esa "qirollik klubi" final yo‘llanmasini qulga kiritishdi.
EChL. Yarim final. Javob bahsi
23.45 "Real" (Madrid, Ispaniya) - "Bavariya" (Myunxen, Germaniya) 2:2 #Tugadi
Gollar: Karim Benzema (11, 46) - Joshua Kimmix (3), Xames Rodriges (63)
"Real": Navas, Vaskes, Varan, Ramos, Marselo, Modrich, Kovachich (Kazemiro 73), Ronaldu, Benzema (Beyl 72), Kroos, Asensio (Nacho 88).
Zahira: Kasilya, Teo, Mayoral, Sebalos.
"Bavariya": Ulreyx, Zyule, Xumels, Alkantara, Riberi, Levandovski, Xames (Martines 84), Tolisso (Vagner 75), Myuller, Alaba, Kimmix.
Zahira: Shtark, Rafinya, Mai, Rudi, Dorsch.
Birinchi o‘yin: 2-1.
Ogohlantirishlar: Luka Modrich (62), Lukas Vaskes (65), Rafael Varan (88), Kazemiro (89). .
Madrid, "Santyago Bernabeu" stadioni.
Fikrlar