
FIFA Husanov uchun “Manchester Siti”ga katta summa to‘laydi!
Futbol katta biznesga aylanib ketganiga ancha bo‘ldi. Jahon chempionati futbol olamining eng nufuzli musobaqasi hisoblansada, ushbu turnirning bosh tashkilotchisi bo‘lgan FIFA o‘yinchilarga egalik qiluvchi klublar bilan hisoblashishga majbur.
2026 yili bo‘ladigan mundialga birdaniga uch mamlakat – AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi. Ayni paytda jahon chempionatida qatnashadigan o‘nta terma jamoaning nomi ma’lum bo‘lib ulgurdi. Ular orasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi borligi hamma uchun haqiqiy syurpriz.
Turli mintaqalarda to‘rt yillikning eng nufuzli chempionatida ishtirok etish uchun kurash qizg‘in kechmoqda. O‘z navbatida, FIFA ham musobaqani yuqori saviyada o‘tishini ta’minlash uchun turli chora-tadbirlar ishlab chiqmoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, jahon futbolini boshqarib turgan ushbu xalqaro tashkilot 2026 yilgi jahon chempionatiga o‘z futbolchilarini yuboradigan klublar uchun to‘lov ajratishga qaror qildi. Hozircha, bu summa umumiy tarzda kamida 209 million dollar bo‘lishi kutilmoqda.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor jahon chempionatida ishtirok etadi. Bu musobaqaga jalb qilinadigan futbolchilarimizning klublari, ularni tarbiyalashda ishtirok etgan jamoalar har bir o‘yinchi ortidan FIFAdan ulush oladi.
O‘zbek futbolchilari musobaqada qancha uzoq qolsa, jamoalar shuncha ko‘p pul ishlay boshlaydi. Bu to‘lovlar o‘yinchilar oxirgi bir necha yil davomida o‘ynagan klublarga ham beriladi.
Masalan, O‘zbekiston milliy terma jamoasining iyun oyidagi yig‘inlariga “Paxtakor”dan to‘rt futbolchi taklif etildi. Agar ular 2026 yilgi jahon chempionatining yakuniy qaydnomasidan joy olsa, ularning har biri uchun FIFA klublarga kunlik to‘lovni amalga oshiradi. Bu to‘lov 10 ming dollargacha bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.
Masalan, Abduqodir Husanovning jahon chempionatida ishtirok etish ehtimoli juda yuqori. 21 yoshli himoyachining professional faoliyatini yo‘lga qo‘yishda katta xizmat qilgan Belarusning “Energetik-BGU” klubi ham ma’lum miqdorda pul oladi. Ammo FIFA o‘zbek futbolchisining mundialda ishtirok etgan kunlaridan kelib chiqib, legionerimizning transfer huquqiga egalik qiluvchi “Manchester Siti”ga to‘laydigan summasi bir necha yuz ming dollarga etishi mumkin.
Xuddi shunday, “Roma” ham Eldor Shomurodovning jahon chempionatida ishtirok etishi orqali xalqaro tashkilotdan ulush olib turadi.
Shuningdek, O‘zbekiston milliy terma jamoasiga jalb qilinadigan barcha futbolchilarning klublari, ularning shakllanishida ishtirok etgan jamoalar ham belgilangan tartibda pul ishlab oladigan bo‘lyapti.
Manbalarning ta’kidlashicha, terma jamoalar ummonortidagi mundialda qancha uzoq qolsa, musobaqaga futbolchi jo‘natgan klub va milliy federatsiyalarning g‘aznasi shuncha boyib boradi.
Gvardiola futbol tarixidagi eng zo‘r murabbiy nomini aytdi
“Manchester Siti”ni 2016 yildan beri boshqarib kelayotgan Xosep Gvardiola jahon futboli tarixida o‘zi eng zo‘r, deb bilgan murabbiy nomini aytdi.
- Ser Aleks Fergyuson – futbol tarixidagi birinchi raqamli murabbiy. U futbolda amalga oshirgan o‘zgarishlar va dinamikani ta’minlashda ham birinchi bo‘lgan, - dedi ispaniyalik mutaxassis o‘z hamkasbi haqida.
Ser Aleks Fergyuson – jahon futbolida eng muvaffaqiyatli murabbiylardan hisoblanadi. “Manchester Yunayted”ni 1986 yildan 2013 yilga qadar boshqargan.
Uning qo‘l ostida “Old Trafford” egalari 13 marotaba Angliya chempionligiga, besh bor Angliyaga kubogiga, ikki marta Evropa Chempionlar ligasi bosh sovriniga ega chiqqan.
Fergyuson murabbiylik davrida oxirigacha kurashadigan jamoa shakllantirish, o‘yinchilarda ishtiyoq uyhotish va futboldagi yangilik hamda o‘zgarishlarga tez moslasha olishi bilan nom qozongan.
Legionerimiz Evropada yurish qilishga tayyor!
Fayzullaevni yo‘qotmasligimiz kerak!
Shomurodov Gasperining har qanday sinoviga tayyor!
Fayzullaev o‘zini "qiynagan" murabbiydan qutildi!
Fikrlar