
EChL. “Shaxtyor” “Roma” maydonida engildi va…
Hozirgina EChL 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan Italiyaning “Roma” hamda Ukrainaning “Shaxtyor” jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga etdi.
Mazkur bellashuvning 52-daqiqasida Edin Jeko tomonidan kiritilgan yagona gol rimliklarga g‘alaba keltirdi.
Ukrainada kechgan o‘yinda 2:1 hisobida mezboblar g‘alaba qozongan bo‘lsalarda, “bo‘rilar” safardagi gol evaziga chorak final yo‘llanmasiga ega chiqishdi.
EChL. 1/8 final. Javob bahsi
Roma Italiya – Shaxter Ukraina 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 52 Djeko.
Roma – Alisson, Fasio, Manolas, Kolarov, Florentsi, Strotman, de Rossi, Under (Jerson, 65), Nainggolan, Perotti, Djeko (El-Shaaravi, 89).
Shaxter – Pyatov, Ordets, Ismaili, Butko, Rakitskiy, Fred, Stepanenko (Alan Patrik, 74), Tayson, Marlos (Dentino, 82), Bernard, Ferreyra.
Ogohlantirishlar: Florentsi (39), Manolas (54), Stepanenko (71), Fred (76), Ferreyra (80).
Chetlatish: Ordets (79).
Birinchi o‘yin – 1:2.
Fikrlar