EChL guruh bosqichining eng chiroyli goli aniqlandi (FOTO)
UEFA Chempionlar ligasining joriy mavsum guruh bosqichi yakuniga ko‘ra eng chiroyli gol aniqlandi.
UEFA rasmiy tvitteri tarqatgan xabarga ko‘ra “Barselona” xavbeki Ivan Rakitichning “Tottenxem” darvozasiga kiritgan goli musobaqa guruh bosqichining eng chiroyli goli deb topildi.

Xorvatiyalik futbolchi bu borada o‘tkazilgan so‘rovnomada Mauro Ikardi ("Tottenxem" darvozasiga), Krishtianu Ronaldu ("Manchester Yunayted" darvozasiga) va Usmon Dembelelarni ("Tottenxem" darvozasiga) ortda qoldirdi.
Fikrlar