
EChLning yakunlangan mavsumdagi eng chiroyli goli aniqlandi (video)
UEFA rasmiy sayti Chempionlar ligasining yakunlangan 2017/18 yilgi mavsumida kiritilgan eng chiroyli golni e’lon qildi.
Unga ko‘ra “Real” hujumchisi Krishtianu Ronalduning chorak finalda “Yuventus” darvozasiga kiritgan qaychi uslubidagi goli eng chiroyli deb topildi.
Qayd etish lozimki, portugaliyalik futbolchining goli so‘rovnomada jamoadoshi Garet Beylning finalda "Liverpul" darvozasiga kiritgan golini va “Yuventus” forvardi Gonsalo Iguainning nimchorak finalda "Tottenxem" darvozasiga kiritgan golini ortda qoldirdi.
Fikrlar