Eden Azar Rossiya termasiga qarshi o‘ynamaydigan bo‘ldi

  • 20.03.2017 15:24
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Angliyaning “Chelsi” klubi hujumkor yarim himoyachisi Eden Azar yaqin kunlardagi o‘yinlarni o‘tkazib yuborishi mumkinligini xabar berib o‘tgandik.

Ma’lum bo‘lishicha, Azar Belgiya terma jamoasining 2 ta o‘yinini o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi. Bu haqda belgiyalik jurnalist Kristof Tero ma’lum qilgan.

Kristof Tero bergan ma’lumotiga qaraganda, Eden Azar APL doirasidagi 29-turdan o‘rin olgan “Stok Siti”ga qarshi o‘yinda orttirib olgan jarohati unga terma jamoa ishtirokidagi o‘yinlarda o‘ynamaslikka sabab bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Belgiya JCh-2018 saralashidan o‘rin olgan Gretsiyaga qarshi bahsni va Rossiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!