Eden Azarning ukasi uning "Real"ga o‘tmasligiga sha’ma qildi (FOTO)
Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachisi Kilian Azar jamoadagi akasi Eden Azarning fotoshopda ishlangan "Real" libosidagi suratini salbiy baholadi.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra mashhur futbolchining ukasi ushbu suratga berilgan izohlarga nisbatan “yo‘q” ma’nosini anglatuvchi belgi qoldirgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Real” Azar uchun 190 mln evro taklif qilgani, biroq “aristokratlar” ushbu taklifni rad etgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar