Ektor Kuper: 1/8 finalda kim tushishining ahamiyati yo‘q

Bugun mazkur uchrashuv oldidan har ikkala jamoa vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Ektor Kuper va futbolchi Javohir Sidiqov qatnashdi.

"Ertaga Osiyoning kuchli jamoalaridan biriga qarshi maydonga tushamiz. Biz faqat ertangi o‘yin haqida emas, pley-off bahsi haqida ham o‘ylayapmiz. 1/8 finalda qaysi raqibga qarshi maydonga tushishimizning ahamiyati yo‘q. Raqib tanlash kerak emas.

Ertaga faqat uch ochko uchun maydonga tushamiz. Maqsadimiz guruhda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritish. Yaponiyaga qarshi o‘zimizni eng yaxshi o‘yinimizni namoyish qilmoqchimiz", - dedi argentinalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
darwesh
16/01/2019 18:58
Лекин бошка мухлислик киладиган жамоамиз йук.
&
darwesh
16/01/2019 18:57
Агар Купер шу таркиб билан осиё кубогини ютса, унга хайкал куйилса хам булади
&
darwesh
16/01/2019 18:56
Агар осие кубогини ютмокчи булсак, ахамияти йук. Лекин бунга ишонмайман